SRT GENERATOR · ONLAYN

Videodan SRT fayl yaratish — brauzerda, bir necha soniyada

MatnlaAI videodagi nutqni tanib, vaqt belgilari qo‘yilgan SRT subtitr faylini tayyorlab beradi. Dastur o‘rnatish shart emas: videoni brauzerda yuklang, tilni tanlang va tayyor faylni yuklab oling.

3 qadamda SRT

  1. 01

    Videoni tashlang

    matnlaai.uz/app sahifasiga kiring va videoni sudrab tashlang yoki tanlang.

  2. 02

    Tilni belgilang

    “Video qaysi tilda?” savoliga javob bering, kerak bo‘lsa tarjima tilini ham tanlang.

  3. 03

    SRT’ni yuklab oling

    “Asl SRT” va “Tarjima SRT” tugmalari orqali fayllarni kompyuteringizga saqlang.

SRT fayl ichida nima bo‘ladi?

Har bir subtitr bloki uch qismdan iborat — tartib raqami, vaqt oralig‘i va matn:

1
00:00:00,400 --> 00:00:04,100
Assalomu alaykum! Bugun sizga

2
00:00:04,100 --> 00:00:07,300
yangi loyihamiz haqida gapirib beraman.

Nima uchun MatnlaAI?

SRT’ni videoga qanday qo‘shaman?

YouTube: YouTube Studio → Subtitrlar → Qo‘shish → “Fayl yuklash” va SRT’ni tanlang. CapCut: Matn → Subtitrlarni import qilish. Premiere Pro: SRT faylni loyihaga import qilib, taymlaynga tortib qo‘ying. Subtitr videoning o‘ziga yopishgan bo‘lishi kerak bo‘lsa (Reels, TikTok uchun), MatnlaAI mobil ilovasida stilni tanlab, tayyor videoni eksport qiling.

Ko‘p so‘raladigan savollar

SRT fayl nima?+

SRT — eng keng tarqalgan subtitr formati. Bu oddiy matnli fayl: har bir qatorda tartib raqami, ko‘rinish vaqti (masalan, 00:00:01,200 --> 00:00:04,800) va shu vaqtda ekranda chiqadigan matn bo‘ladi. Deyarli barcha pleyer va montaj dasturlari uni o‘qiydi.

SRT faylni qayerda ishlataman?+

YouTube (Subtitrlar bo‘limi), CapCut, Adobe Premiere Pro, DaVinci Resolve, Final Cut Pro va VLC pleyerda. Fayl videoga alohida ulanadi, shuning uchun matnni keyin ham o‘zgartirish mumkin.

Tarjima qilingan SRT olsam bo‘ladimi?+

Ha. Video tilidan tashqari tarjima tilini ham tanlasangiz, ikkita fayl olasiz: asl tildagi va tarjima qilingan SRT. Masalan, intervyu.srt va intervyu.en.srt.

Web versiyada qanday cheklovlar bor?+

Hozircha web versiyada 2 daqiqagacha, 100 MB gacha videolar qabul qilinadi. Har kuni 1 ta video (1 daqiqagacha) bepul, keyingilari 1 000 so‘mdan. Uzunroq videolar uchun mobil ilovadan foydalaning.

Birinchi subtitringizni hoziroq yarating

Kuniga 1 ta video bepul. Karta kerak emas — Google yoki Apple bilan kiring.