Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-11-11
1. Umumiy qoidalar
Ushbu siyosat MatnlaAI mobil ilovasi (iOS va Android) hamda matnlaai.uz sayti ("Xizmat") foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari qanday qayta ishlanishini tushuntiradi. U O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O'RQ-547-son "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq tuzilgan.
Xizmatdan foydalanish yoki hisobga kirish orqali siz ushbu siyosatda ko'rsatilgan ma'lumotlarni, jumladan ularni O'zbekistondan tashqariga uzatishni (5-bo'lim) qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Rozi bo'lmasangiz, Xizmatdan foydalanmang.
2. Qanday ma'lumotlar qayta ishlanadi
- Hisob: ism, email, profil rasmi, Google yoki Apple identifikatori, tanlangan til, ro'yxatdan o'tgan platforma va sizni qayerdan bilganimiz haqidagi javob.
- Audio: subtitr yaratish yoki ovozni tozalash uchun videoning ovozi serverimizga yuboriladi. Ovozdan shaxsni aniqlash uchun foydalanmaymiz.
- AI montaj: videodan olingan kadrlar, subtitr matni, ko'rsatmangiz, shuningdek montajga o'zingiz qo'shgan rasm va videolar.
- Shablon sifatida yuborilgan video: bu tugmani bossangizgina tayyor video, ismingiz va emailingiz ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
- Loyihalar: subtitr matni, vaqtlari, tili, tarjimalari va uslubi.
- To'lovlar: summa, to'lov tizimi, buyurtma va tranzaksiya raqamlari, balans tarixi, fiskal chek havolasi.
- Saqlangan kartalar: niqoblangan raqam (masalan, 8600 55** **** 3244), karta turi, niqoblangan telefon raqami, shifrlangan to'lov tokeni va kartani takrorlanishdan ajratadigan kod. To'liq karta raqami va amal qilish muddati bizda saqlanmaydi: ular faqat tokenni olish uchun to'lov tizimiga uzatiladi.
- Foydalanish statistikasi: eksport va boshqa amallar, video davomiyligi, platforma, ilova versiyasi.
- Diagnostika: xato matni, qurilma modeli, tizim va ilova versiyasi.
- Qurilma: push-bildirishnoma tokeni. Ilovada reklama yo'q, reklama identifikatori yig'ilmaydi.
- Murojaatlar: fikr-mulohazalar, baho va hisobni o'chirish sababi.
Videongizning o'zi subtitr yaratishda serverga yuklanmaydi va qurilmangizda qoladi. Sayt orqali foydalanilganda ham serverga videoning ovozi yuboriladi.
3. Qayta ishlash maqsadlari
- hisobga kirish va Xizmatni taqdim etish: subtitr, tarjima, AI montaj, ovozni tozalash;
- to'lovlarni bajarish, balansni yuritish, to'lov tasdig'i va fiskal chekni emailga yuborish;
- limitlarni qo'llash va suiiste'molning oldini olish;
- xatolarni tuzatish va Xizmatni yaxshilash;
- push-bildirishnomalar va murojaatlarga javob berish;
- qonun talablarini bajarish.
4. Ma'lumotlar kimga uzatiladi
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Ular faqat Xizmat ishlashi uchun zarur hajmda quyidagilarga uzatiladi:
- AI xizmatlari: Google (Gemini), OpenAI, Microsoft Azure, ElevenLabs — audio va matnni qayta ishlash; Anthropic — AI montaj (matn va kadrlar);
- PayHelp, Click va Payme — to'lovlar va karta tokenlari; fiskal cheklar soliq organlari tizimida ro'yxatdan o'tadi;
- Google va Apple — hisobga kirish; Google Firebase — push-bildirishnomalar;
- Resend — emaillarni yetkazish;
- Contabo — serverlar va ma'lumotlar bazasi;
- Telegram — yopiq ish kanallarimizga xato hisobotlari, fikr-mulohazalar, shablon sifatida yuborilgan videolar va ma'lumotlar bazasining shifrlangan zaxira nusxalari yuboriladi;
- davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda.
5. O'zbekistondan tashqariga uzatish
Serverlarimiz va 4-bo'limdagi xizmatlarning ko'pchiligi O'zbekistondan tashqarida, jumladan Yevropa Ittifoqi va AQShda joylashgan. Shu sababli ma'lumotlaringiz chet elda saqlanadi va qayta ishlanadi. Bu Xizmat ishlashi uchun zarur. Ushbu siyosatni qabul qilish orqali siz bunday uzatishga rozilik bildirasiz (Qonunning 15-moddasi).
6. Saqlash muddati
- Audio qayta ishlangach serverimizdan o'chiriladi. Tozalangan ovoz yuklab olish uchun 1 soatgacha saqlanadi.
- Video, eskiz va tahrirlangan loyihalarning asosiy nusxasi qurilmangizda saqlanadi.
- Hisob va foydalanish ma'lumotlari maqsadga erishilguncha yoki rozilik qaytarib olinguncha saqlanadi.
- To'lov yozuvlari moliyaviy hisob-kitob va qonun talablari uchun saqlanadi.
- Zaxira nusxalaridagi ma'lumotlar darhol o'chmaydi va eski nusxalar bilan birga yo'qoladi.
Hisobni o'chirganingizda hisob yopiladi, kirish to'xtaydi, balans bekor qilinadi va push-tokenlar o'chiriladi. Bunda ism, avvalgi email va identifikatorlar, to'lov tarixi va o'chirish sababi to'lovlar, nizolar va suiiste'molning oldini olish uchun saqlanib qoladi. Bu ma'lumotlarni ham yo'q qilishni so'rash uchun bizga yozing: qonun saqlashni talab qilmagan qismi yo'q qilinadi.
7. Huquqlaringiz
Qonunga ko'ra (11, 22, 24 va 30-moddalar) siz quyidagilarga haqlisiz:
- ma'lumotlaringiz bizda bor-yo'qligini, ularning tarkibi, qayta ishlash asoslari va maqsadlarini, chet elga uzatilishini bilish;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzattirish: so'rovdan keyin 3 kun ichida tuzatiladi;
- ma'lumot to'liq emas, eskirgan, noto'g'ri, noqonuniy olingan yoki maqsad uchun kerak bo'lmasa, qayta ishlashni vaqtincha to'xtatishni talab qilish;
- rozilikni qaytarib olish;
- faqat avtomatlashtirilgan qayta ishlashga asoslangan va huquqiy oqibat keltiradigan qarorga e'tiroz bildirish;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yoki sudga murojaat qilish.
Ilovada: Profil → hisob kartasi → Hisobni o'chirish. Boshqa so'rovlar uchun matnlaai@gmail.com manziliga yozing. Rad javobi 10 kun ichida yozma ravishda yuboriladi. Rozilik qaytarib olinsa, Xizmatning unga bog'liq qismi ishlamasligi mumkin.
8. Voyaga yetmaganlar
18 yoshga to'lmagan foydalanuvchi ma'lumotlarini qayta ishlashga ota-onasi yoki vasiysi rozilik berishi kerak (Qonunning 21-moddasi). Bunday rozilik olinmaganini bilsangiz, bizga yozing: ma'lumotlar o'chiriladi.
9. Xavfsizlik
Ma'lumotlar shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi. Karta tokenlari va zaxira nusxalari shifrlab saqlanadi, kirish huquqi cheklangan. Biroq internet orqali uzatishda mutlaq xavfsizlikni hech kim kafolatlay olmaydi.
10. O'zgarishlar
Siyosat yangilanishi mumkin. Amaldagi versiya sanasi sahifa boshida ko'rsatiladi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova yoki sayt orqali xabar beramiz. Qayta ishlash maqsadi o'zgarsa, alohida rozilik so'raladi.